21 mar 18:11
Yangiliklar
Tennis
Toshkent Open-2018 g'olibasi Mayamini tark etdi
Rossiyalik tennischi Margarita Gasparyan Mayami shahrida o'tkazilayotgan turnirning ilk davrasidayoq mag'lubiyatga uchradi.
Toshkent Open-2018 g'olibasi birinchi bosqich uchrashuvida franciyalik Polin Parmentega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 75-raketkasi bo'lib turgan Margarita 6/4, 1/6, 6/7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
33 yoshli Polin reytingning 55-pog'onasidan joy olgan. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlar hisob tenglashdi - 1:1. Endi Parmente Miami Open turnirining ikkinchi davrasida belgiyalik Eliza Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar