So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

18 mar 22:39
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkent Open. Bosh sovrin Belarusga ketdi, SHamsiddinda 2-o'rin!

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha birinchi o'zbek grossmeysteri Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan “Toshkent open” XIII Xalqaro turniri nihoyasiga etdi.

Xalqaro turnirning kuchlilar jam bo'lgan A guruhida g'olib nomi so'nggi turda malum bo'ldi. Bugun o'tkazilgan 9-turda 6,5tadan ochko jamg'arib turgan belaruslik Aleksey Fyodorov va yosh shaxmatchimiz Saidakbar Saydaliev o'zaro to'qnash kelishdi. Saidakbar xalqaro grossmeysterga qarshi kechgan uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. 

SHamsiddin Vohidov esa qora donalarda o'ynashiga qaramay Valeriy Kazakovskiyni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan yosh SHamsiddinning ochkolari 7taga etdi va u sof ikkinchi o'rinni egalladi. Yarim ochko ko'p jamg'argan Aleksey Fyodorov A guruhi chempioniga aylandi. Kuchli uchlikka qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra braziliyalik xalqaro grossmeyster Aleksandr Fier yakun yasadi.  

Musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

“A” guruhi

1-o'rin – Aleksey Fyodorov (Belarus),

2-o'rin – SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston),

3-o'rin – Aleksandr Fier (Braziliya). 

“Ayollar o'rtasidagi eng yaxshi ko'rsatgich”

1-o'rin – Sarvinoz Qurbonboeva (O'zbekiston),

2-o'rin – Nilufar Yoqubboeva (O'zbekiston),

3-o'rin – Sitora Saparova (O'zbekiston).


“20 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi eng yaxshi natija”

Umida Omonova (O'zbekiston).


“20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi eng yaxshi ko'rsatgich”

1-o'rin – Valeriy Kazakovskiy (Belarus),

2-o'rin – Abdumalik Abdusalimov (O'zbekiston),

3-o'rin – Ortiq Nig'matov (O'zbekiston).

“Faxriylar o'rtasidagi eng yaxshi natija”

Nikolay Mishuchkov (Rossiya), Xayrullo To'raev (O'zbekiston).


“B” guruhi

1-o'rin – Server Abduraimov (O'zbekiston),

2-o'rin – Avazbek Muzaffarov (O'zbekiston),

3-o'rin – Temur SHernazarov (O'zbekiston).


“14 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi eng yaxshi ko'rsatgich”

Davron SHaripov (O'zbekiston)


“Ayollar o'rtasidagi eng yaxshi ko'rsatgich”

Maftuna Bobomurodova (O'zbekiston).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing