25 sen 12:18
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/19768_220.jpg)
"Toshkent Open". Oqgul Omonmurodovaga turnirdagi ishtirokini yakunlash uchun 43 daqiqa kifoya qildi
Toshkentda tennis bo'yicha "Toshkent Open" turniri start olgan.
Bugun ikkinchi o'zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova o'z o'yinini o'tkazdi.
Sportchimizga birinchi davrada ukrainalik Katerina Kozlova raqiblik qildi. Dunyoning 83-raqamli tennischisiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda Oqgul 1:6, 0:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu o'yin 43 daqiqa ichida yakunlandi.
Turnirda yakkalik bahslarida O'zbekistondan faqatgina Nigina Abduraimova qoldi.
Bugun juftlik bahslarida esa Iroda To'laganova kortga chiqishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar