12 mar 18:24
Yangiliklar
SHaxmat

Toshkent Open xalqaro turniriga bag'ishlangan matbuot anjumanidan FOTOGALEREYA
SHaxmatga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan Toshkent Open xalqaro turniri oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanda O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, XIII Tashkent Open turniri direktori Husan Turdialiev ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.
Mazkur musobaqa 9 turdan iborat bo'lib, unda shaxmatchilar shveycarcha tizimda dona suradi. Turnirda FIDE hakamlar hayati raisi Panagiotis Nikolopolus bosh hakamlik qiladi.
Matbuot anjumani so'nggida yaqinda Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir g'olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar