So’nggi yangiliklar

16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0

07 apr 14:05
Yangiliklar

Taekvondo

Toshkent rekord darajadagi qatnashchilar ishtirok etadigan Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

12–17 aprel kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan taekvondo WT bo'yicha XV yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun barcha tayyorgarlik ishlari yakunlandi.

Musobaqada yigitlar va qizlar o'rtasida 10 tadan vazn toifasida rekord darajadagi sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqalar poytaxtimizdagi muhtasham "Olimpiya shaharchasi"da joylashgan Yakkakurash sport majmuasida bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli tadbir dunyoning eng iqtidorli yosh sportchilarini bir joyga jamlab, ularning taekvondodagi faoliyatida navbatdagi muhim bosqich bo'lib xizmat qiladi.

Jami 118 ta davlatdan 990 nafar sportchi musobaqa uchun ro'yxatdan o'tgan. Bu ko'rsatkich 2024 yilda CHuncheonda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi 963 nafar ishtirokchi rekordidan ham oshdi.

Yigitlar o'rtasidagi vazn toifalari -45 kgdan +78 kggacha, qizlar o'rtasida esa -42 kgdan +68kggacha belgilangan. 2009 yil 1 yanvardan 2011 yil 31 dekabrgacha tug'ilgan sportchilar ushbu musobaqada qatnashish huquqiga ega.

Malumot o'rnida takidlash lozim, Toshkent avval ham, aniqrog'i, 2019 yilda yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing