So’nggi yangiliklar

21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0 13:42Классик шахматда катта ўзгариш: партиялар вақти қисқариши мумкин! 0

27 fev 08:04
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent shahar hokimligi barchani aldaganmidi? Osiyo o'yinlari va Para Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlariga haligacha pul mukofotlari berilmagani haqida xabarlar tarqalmoqda

SHu yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida 2023 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan yozgi Osiyo o'yinlari va Para Osiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazilgan edi.

Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sanjar Obidov, shuningdek, Mahalla uyushmasi raisi Furqat Mahmudxo'jaev ishtirok etgan ushbu taqdirlash marosimida oltin medalni qo'lga kiritgan sportchilarga 36 mln so'm, kumush medal egalariga 18 mln hamda bronza medalini qo'lga kiritgan sportchilarga 9 mln so'm pul mukofoti topshirilgani aytilgan edi.

Biroq, Eltuz nashrining xabar berishicha, sportchilarga haligacha pul mukofotlari berilmagan:

"Joriy yilning 23 yanvarida Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida bo'lib o'tgan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlarida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar munosib taqdirlandilar, deya aytildi. Ammo protokolga qo'l qo'ydirib, televizor berishdiyu, oradan bir oy o'tgan bo'lsa-da, mukofot pulidan darak yo'q. Boshqa viloyatlar 1-o'ringa 99 million, 2-o'ringa 66 million, 3-o'ringa 33 milliondan mul mukofoti olishgan bir paytda Toshkent shahri byudjeti eng katta bo'lishiga qaramay, pul mukofotlarimizni ololganimiz yo'q. 

Aslida esa Toshkent shahri bo'yicha 1-o'rin uchun 36 million, 2-o'rin uchun 18 million, 3-o'rin uchun esa 9 million so'm pul mukofoti ajratilgan edi. Bu ketishda Toshkent nomidan chiqadigan sportchilar viloyat nomidan chiqadi! CHunki ularga o'z vaqtida va Prezident belgilagan miqdorda mukofotlar beriladi.

Paraosiyo o'yinlari sentyabr oyida bo'lgan va viloyatlar musobaqadan keyin uzog'i bilan Yangi yilda taqdirlandi. Ammo nima uchun musobaqadan yarim yil o'tgan bo'lsa-da, Toshkent shahri hali-hanuz taqdirlanmayapti?”.

Eslatib o'tamiz, XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlarida Toshkent shahridan 115 nafar sportchi qatnashgan. O'zbekiston delegaciyasi azolari Osiyo o'yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medalni jamlab, umumjahon hisobida 45 ta davlat orasidan faxrli 5-o'rinni qo'lga kiritishgan edi.

IV Paraosiyo o'yinlarida ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medalni qo'lga kiritib, O'zbekiston delegaciyasining Paraosiyo o'yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan. O'zbekiston delegaciyasining toshkentlik azolari 12 ta oltin, 4 ta kumush, 19 ta bronza sohibiga aylanib, umumiy hisobda 35 ta medalni qo'lgan kiritishgan", deyiladi Eltuz xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing