So’nggi yangiliklar

10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0

22 apr 16:49
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent shahri dzyudo bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Malumot uchun, Toshkent shahri 2022 yil kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) 22-25 oktyabr kunlari Amman (Iordaniya) shahrida o'tkazilishi belgilangan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligi O'zbekiston poytaxti Toshkentga ko'chirilganini rasman elon qildi. 

Qaror mintaqadagi vaziyatni hisobga olgan holda qabul qilindi. Sportchilar, rasmiy shaxslar va barcha manfaatdor tomonlarning xavfsizligi Xalqaro dzyudo federaciyasining eng ustuvor vazifasi hisoblanadi. Musobaqa hamda tadbirlarni xavfsiz, qulay va barqaror muhitda o'tkazish muhim ahamiyatga ega.

SHundan kelib chiqib, IJF yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonlikmasalasini qayta ko'rib chiqdi va uni poytaxtimizga ishonib topshirdi. Bunga O'zbekistondagi tinchlik, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish, sportga hukumat darajasidagi etibor sabab bo'ldi. 

SHu tariqa, 2026 yilning 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahri dunyoning barcha qitalaridan keladigan yosh dzyudochilarning katta sport forumi - jahon chempionatini qabul qiladi. Ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bahslarda g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.   

"Xalqaro dzyudo federaciyasi O'zbekistonning jahon dzyudo hamjamiyatidagi o'sib borayotgani, yirik xalqaro tadbirlarni eng yuqori saviyada o'tkazish uchun isbotlangan salohiyatini aks ettiruvchi ushbu tashabbuskor yondashuvi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi", deyiladi Xalqaro dzyudo federaciyasi rasmiy bayonotida.

Malumot uchun, Toshkent shahri 2022 yil kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing