14 mar 16:39
Yangiliklar
Tadbirlar
Toshkent shahrida ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida poytaxtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda tuman hokimlari, poytaxtimizdagi oliy o'quv yurtlari rektorlari hamda qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Yig'ilishda “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari”, “Yangi O'zbekiston talabalar Olimpiadasi”, “Besh tashabbus Olimpiadasi” kabi ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishga doir masalalar atroflicha ko'rib chiqildi.
Rasmiylar bu kabi sport tadbirlari iqtidorli yoshlarni selekciya qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish kabi yo'nalishlarda muhim ahamiyat kasb etishini takidladilar. Yig'ilish yakunida mavzu yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.










Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar