So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

10 sen 10:58
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkent viloyatidagi sport maktabi binosida qariyb 6 kg marixuana qovurayotgan qorovul ushlandi

Toshkent viloyatidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi binosida qariyb 6 kilogramm marixuana saqlagan va ish vaqtida uni qovurgan qorovul ushlandi.

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 sentyabr kuni soat 23:30 da, IIB va Milliy gvardiya xodimlari o'zlariga biriktirilgan CHirchiq shahri O'zbekiston ko'chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtda mazkur hududdagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi binosidan o'ziga xos hid taralayotganligini bilib, tekshirish maqsadida bino xonasiga kirgan. Xonada maktab qorovuli bo'lib ishlovchi 38 yoshli T.B. va 29 yoshli D.O. elektr plitasi yordamida oshxona qozonida o'ziga xos modda qovurayotganini aniqlab, bu haqda shahar IIBga xabar bergan.

Mazkur xabar asosida tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyini ko'zdan kechirish davomida xonada bo'lgan televizor korobkasi va yog'och faner ustidagi yoyib qo'yilgan yashil rangdagi, o'ziga xos hidli modda, 4 dona gugurt qutisi va 2 dona 0,5 litr hajmdagi bankalarda quritilgan modda hamda chekish uchun maxsus moslama aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko'ra, T.B.dan olingan o'simlik tup gullari va barglaridan tashkil topgan, ho'l holdagi tarkibida faol giyohvand modda tetrogidrokannabinol mavjud bo'lgan marixuana  bo'lib, sof og'irligi 5,7 kilogrammni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, hodisa joyidan olingan ikki dona baklajka, 1 dona shisha idish va angishvonada faol giyohvand modda — tetrogidrokannabinol yuqlari mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan CHirchiq shahri IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositalarini o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, majmua qorovuli T.B. giyohvandlik vositasini istemol qilish uchun o'zining tanishi D.O.ni sport maktabiga chaqirganligi aniqlangan.

Hozirda T.B. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, processual tartibda ushlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing