03 okt 09:15
Yangiliklar
Tennis

Toshkent yana bir nufuzli tennis turniriga mezbonlik qiladi
SHu hafta so'nggida poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasining saralash bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20ga yaqin davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari Denis istomin, Farrux Do'stov, Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Temur Ismoilov kabi tennischilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Etiborlisi, o'tgan yilgi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. U hal qiluvchi final uchrashuvida slovakiyalik Lukash Lackoni 6:3, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar