So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

29 avg 07:43
Yangiliklar

SHaxmat

"Toshkent yozi" reyting turniri yakuniga etdi FOTOGALEREYA

21-28 avgust kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida ananaviy “Toshkent yozi” reyting turniri bo'lib o'tdi.

300 nafarga yaqin shaxmat ixlosmandlari “A” va “B” guruhlariga bo'lingan holda o'z mahoratlarini namoyon etdi.

“A” guruhida Akbarali Abduhakimov g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan o'rin oldi. Keyingi o'rinlar Guldona Hakimova (qiz bolalar xohishiga qarab o'g'il bolalar guruhida dona surishi mumkin - tahririyat) va Hadiyatillo Muxamedovlarga nasib etdi.

Faxriylar o'rtasida Ibrohimjon Husainov, qizlar orasida Ruqiya Olimova, 12 yoshlilar bahsida SHahzod Islomov, 16 yoshlilarda SHerali Ortiqovlar g'olib bo'lishdi.

“B” guruhida 1-o'ringa Akrom Yo'ldoshev munosib topildi. Ikkinchi o'rinni Bahovuddin Xalilov, 3-o'rinni esa Sardor Salohiddinov egalladi. 8 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida Nurislom Abdulahatov, 10 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida esa Samir Muhamadiev g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Qizlar o'rtasidagi bahslarda Lazizabonu Komiljonovaga teng keladigani topilmadi.2-o'rin Xolida Muhammadievaga, 3-o'rin esa Dilnura Tursunboevaga nasib etdi. 8 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Madina Salimtosheva, 10 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida esa Vera Kiseleva g'olib bo'ldi.

“Toshkent yozi” ananaviy reyting turnirining g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing