19 noy 13:27
Yangiliklar
Toshkentda 120 000 dollarlik "Prezident sovrini uchun" xalqaro turnir yakunlandi FOTOREPORTAJ
Sovrin jamg'armasi 120 000 AQSH dollari bo'lgan turnirning standart yo'nalishida rossiyalik Sanan Syugirov 7,5 ochko to'plab, g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan o'rin oldi. CHempionga 12 000 dollar taqdim etildi. Xans Moke Nimann (AQSH) va Maksim Matlakov (Rossiya) kuchli uchlikdan joy egallashdi.
Hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijani yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov ko'rsatdi - 5-o'rin! Akmal Fayzullaev 7, Jahongir Vohidov 8, Nodirbek Yoqubboev 12, SHamsiddin Vohidov 13, Nodirbek Abdusattorov 14, Abdumalik Abdusalimov 19, Ortiq Nig'matov esa 20-o'rin bilan kifoyalandi.
Musobaqaning g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Bosh vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri, shaxmat federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.
SHuningdek, tadbirda FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgaboev, Arab davlatlari shaxmat federaciyasi prezidenti shayx Said Almualla va FIDE turnir komissiyasi raisi O'zg'ur Solak o'g'li hozir bo'ldi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar