So’nggi yangiliklar

15:27Жо Роган UFC оғир дивизионининг қутқарувчисини айтди 0 15:06Хоразмда пара пауэрлифтинг бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди 0 14:45Тошкентда 80 000 доллар мукофот пулига эга Президент кубоги бошланди 0 14:24Виталий Денисов: "Рақибларимиз Бразилия, Франция бўлишини истайман" 0 14:03UFC 324 турнири кардига яна бир жанг қўшилди 0 13:42WBC ва IBF Усик - Уайлдер жангига рухсат берди 0 13:21Чимаев навбатдаги жангида Павел Дуровни секундант қилмоқчи 0 13:00Бугун ЖЧ-2026 қуръаси. Ўзбекистонга кимлар рақиб бўлади? 0 12:39Таэквондо WT бўйича жорий йилги Ўзбекистон чемпионати Жиззахда ўтказилади 0 12:18Яна бир рус тенниси маликаси фуқаролигини ўзгартирди 0 11:57Пётр Ян — Мераб Двалишвили ҳақида: "Ўз "маҳаллангда" жанг қилиш осон" 0 11:36Расман. "Арсенал" 16 ёшли эгизак футболчиларни трансфер қилди 0 11:15Геннадий Головкин Халқаро Шон-шуҳрат залига киритилади 0 10:54Элмурод Ҳақназаров бразилиялик спортчига қарши жанг қилади (ПОСТЕР) 0 10:33IBA Жаҳон чемпионати. Бугун тўрт нафар боксчимиз рингга чиқади 0

05 dek 14:45
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda 80 000 dollar mukofot puliga ega Prezident kubogi boshlandi

Poytaxtimiz shaxmat bo'yicha yana bir nufuzli musobaqa - Prezident kubogi xalqaro turniriga mezbonlik qilyapti.

Mukofot jamg'armasi 80 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, u 1-turda oq donalarda germaniyalik Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratdi. 

Musobaqada beshinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2641) ham o'z ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Grossmeysterimiz franciyalik Maksim Lagarde (2608 )ni oq donalarda o'ynab taslim etdi. Yana bir yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2552) ham ilk turda zafar quchdi. U blic bo'yicha uch karra jahon chempioni, turnirning uchinchi saralangan shaxmatchisi, rossiyalik Aleksandr Grishukdan ustun keldi. Grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov (2561) esa ikkinchi saralangan ishtirokchi, armanistonlik SHant Sargsyan (2665)ga imkoniyatni boy berdi. 

Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 15:00da 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda ukrainalik grossmeyster Yuriy Kuzubovga qarshi bahs olib boradi. Muhiddin Madaminov ham qora donalarda o'ynaydi, uning raqibi SHant Sargsyan bo'ladi. Abdimalik Abdisalimov oq donalarda Frederik Sven bilan hisob-kitob qiladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing