01 iyu 08:27
Yangiliklar
Boshqalar
Toshkentda drift bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq kubogi bosqichi o'tkazildi
Tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy avtosport va karting federaciyasi (NAFKU) rahbariyati hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Poygalarda O'zbekiston, Latviya, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Yaponiyadan 28 ta mashina ishtirok etdi. SHuningdek, tadbir doirasida xalqalardagi raqamli poygalar (eSports GT3) bo'yicha O'zbekiston chempionatining bosqichi ham bo'lib o'tdi.
Ochilish marosimida so'zga chiqqan rasmiylar O'zbekistonda avtomobil sporti jadal rivojlanib borayotganini alohida takidladilar.
Musobaqa FIA xalqaro sport kodeksiga muvofiq ravishda tashkil etildi.







Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar