23 dek 15:38
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkentda dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda
Xabar berib o'tganimizdek, 23-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkaziladi.
Bugun musobaqaga start berildi. Turnirda yurtimizning turli hududlaridan 470 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Bahslarni kuzatish uchun Umid Ahmadjonov boshchiligida Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari ham tashrif buyurishdi.
Bugun erkaklar o'rtasida -60 va -66 kg, ayollar o'rtasida esa -48, -52, -57 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinmoqda.
24 dekabr:
Erkaklar: -73 kg, -81 kg, -90 kg.
Ayollar: -63 kg, -70 kg.
Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 16:00
25 dekabr:
Erkaklar: -100 kg, +100 kg.
Ayollar: -78 kg, +78 kg.
Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 13:00.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar