16 mar 17:02
Yangiliklar
SHaxmat

Toshkentda FIDE arbitrlari uchun seminar o'tkazildi FOTOGALEREYA
Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro shaxmat turniri doirasida FIDE arbitrlari uchun seminar bo'lib o'tdi.
Afg'oniston, Mo'g'uliston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston hakamlari bilan birga o'zbekistonlik arbitrlar ham ushbu seminarda ishtirok etishdi. Seminarni xalqaro arbitrlar - FIDE lektorlari guruhi azosi Xusan Turdaliev hamda rossiyalik Mixail Kryukov olib borishdi.
Mashg'ulotlar so'nggida seminar ishtirokchilari maxsus test sinovidan o'tkazildi. Sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan barcha murabbiylarga FIDE arbitri bo'lganligini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar