So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

04 apr 16:02
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda "Georgiy Agzamov xotira turniri" yakunlandi, B guruhidagi shohsupani to'laligicha shaxmatchilarimiz egallashdi

Poytaxtimizda O'zbekistoning birinchi grossmeysteri G.T. Agzamov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy xalqaro shaxmat turniri bo'lib o'tdi.

Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qilgan musobaqada 18 davlatdan ikki yuz besh nafarga yaqin shaxmatchi ikki guruhga bo'lingan holda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bordi. Ishtirokchilar orasida 15 grossmeyster (GM), 2 ayol grossmeyster (WGM), 13 nafar xalqaro usta (IM), 4 ayol xalqaro usta (WIM)ning borligi musobaqaning murosasiz kechishini taminladi.

"A" guruhida 10 ta tur yakunlariga ko'ra indoneziyalik grossmeyster Susanto Megaranto (2504) 8 ochko bilan musobaqa chempioniga aylandi. Qirg'izistonlik 17 yoshli Eldiar Orozbaev (2325) 7,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Besh nafar shaxmatchi 7 ochkodan jamg'ardi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra eronlik Bardiya Daneshvar (2597) uchinchi o'rinni band etdi.

O'zbekistonlik shaxmatchilardan eng yaxshi natijani Muhammadzohid Suyarov (2407) qayd etdi. U 6,5 ochko to'plaganlar orasida eng yaxshi natija bilan 8-o'rinni egalladi. Hamyurtlarimizdan Muhiddin Madaminov (2512), Humoyun Begmuratov (2385) va Abdumalik Abdusalimov (2503) ham 6,5 ochkodan jamg'arishdi. Faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ular mos ravishda 12, 13 va 18-o'rinlar bilan kifoyalanishdi

Etiborlisi, "V" guruhidagi sovrinli uchlikni o'zbekistonlik shaxmatchilar tashkil etib berishdi. G'oliblik 8,5 ochko to'plagan Hadiyatullo Muhammedovga nasib etdi. Aynan shuncha ochko jamg'argan Mehriddin Yo'ldoshev ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka 8 ochko bilan Muhammadiso Ubaydullaev yakun yasab berdi. Dastlabki to'qqiz o'rinni o'zbekistonlik shaxmatchilar band etishgani quvonarli hol. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing