20 okt 07:58
Yangiliklar
Toshkentda golf bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati yakunlandi + FOTO
Ikki kun davom etgan bellashuvlarda mahalliy golf sport turi ixlosmandlaridan tashqari yurtimizda faoliyat olib borayotgan Janubiy Koreya hamda xitoylik ishbilarmonlar ham o'z omadini sinab ko'rishdi.
Musobaqaning yopilish marosimi tantanali ruhda o'tib, unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi va O'zbekiston golf federaciyasining yangi rahbariyatini ular boshchiligida o'tkazilgan ilk turnir yuqori saviyada tashkil etilgani bilan samimiy qutladi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari:
“Best gross” yo'nalishi
Erkaklar:
1. Sergey CHen (O'zbekiston)
2. Vyacheslav Li (O'zbekiston)
3. Kim Seok Tai (Janubiy Koreya)
“Best net” yo'nalishi
A guruhi, erkaklar:
1. Li Dae Sung (Janubiy Koreya)
2. Xe Yong (Xitoy)
3. Jang Sae Xo (Janubiy Koreya)
“Best net” yo'nalishi
V guruhi, erkaklar:
1. Xotam Abdurayimov (O'zbekiston)
2. Oleg Xan (O'zbekiston)
3. Tolib Sultonov (O'zbekiston)
“Best gross” yo'nalishi
Ayollar:
1. Yana Tegay (O'zbekiston)
2. Elizaveta Kovalenko (O'zbekiston)
3. Mariya Li (O'zbekiston)
“Best net” yo'nalishi
Ayollar:
1. Tatyana Li (O'zbekiston)
Fikrlar