19 dek 08:15
Yangiliklar
Boshqalar
Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo chempionati o'tkaziladi
23-25 dekabr kunlari poytaxtimizdagi yangi bunyod etilgan “Universal” sport saroyida sharq yakkakurashlari oilasiga mansub u-shu bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur mintaqaviy musobaqada yurtimiz sportchilaridan tashqari Markaziy Osiyo davlatlari u-shu sport turi ustalari ham ishtirok etadi.
Takidlash joiz, 2016-yilgi sport mavsumi O'zbekiston u-shu terma jamoasi azolari uchun omadli keldi. Terma jamoamiz azosi Darya Latisheva jahon chempionligiga erishdi.
O'zbekiston u-shu sporti tarixida jahon chempioni chiqmagan edi. Ushbu sport turi bilan shug'ullana boshlaganiga ikki yil bo'lishiga qaramay, Latisheva avvaliga Osiyo, keyin esa jahon chempionligiga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar