18 mar 15:15
Yangiliklar
Futbol

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun o'quv kurslari bo'lib o'tadi
20–24 mart kunlari Toshkent shahridagi “CHig'atoy” o'quv-mashg'ulotlar bazasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun “Level 1 B” xalqaro murabbiylik sertifikati kurslari o'tkaziladi.
O'quv kurslar O'zbekiston futbol Federaciyasi hamda Osiyo futbol konfederaciyasi hamkorligida tashkil etiladi.
Amaliy va nazariy mashg'ulotlarni OFKning eronlik instruktori G'ulom Reza Jahoniy olib boradi. OFK instruktoriga O'FF texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov assistentlik qiladi.

Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar