07 dek 13:57
Yangiliklar

Toshkentda kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlanmoqda: bugun qura tashlash marosimi tashkil etiladi
Xabar berib o'tganimizdek, 8-14 dekabr kunlari Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'tkaziladi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 500 nafarga yaqin bokschi (erkaklar 13 ta, ayollar 12 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi.
Ular qatorida Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari, jahon va Osiyo chempionati sovrindorlarini ham ko'rishimiz mumkin.
Bugun musobaqa oldidan rasmiy tadbirlar - mandat komissiyasi, texnik miting va qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbirlar Xalqaro boks associaciyasi - AIBA standartlariga mos ravishda tashkil etilmoqda.
Mazkur jarayonlarni yoritish istagida bo'lgan OAV vakillari bugun soat 18:00da "Universal" sport saroyiga taklif etiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar