So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 okt 20:05
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentda koreyalik mutaxassislar ishtirokida seminar o'tkazildi

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi koreyalik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etdi.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan Milliy olimpiya qo'mitasida janubiy koreyalik professorlar ishtirokida sport tibbiyoti bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi. Janubiy Koreyaning «CHong Yon» klinikasi  ishtirokidagi ushbu tadbirda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari bilan bir qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o'qituvchilari, magistr va klinik ordinatorlari hamda talabalari ham qatnashdilar. 

— Sportni rivojlantirish yo'lida sport tibbiyotining ahamiyati beqiyos, - deydi seminarning ochilish marosimida ishtirok etgan tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov. — Sportchining musobaqaga jismoniy tomonlama tayyor bo'lishi va tiklanishida sport tibbiyoti muhim o'rin tutadi. SHu sababdan, O'zbekistonda ham mazkur yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu seminar ham bu yo'lda navbatdagi qadam bo'ldi, deyishimiz mumkin. 

Seminarda nutq so'zlagan Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan professor Pak Jon Sin sport tibbiyoti sohasidagi yangi yutuqlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari, kasalliklarni xalq tabobati yordamida davolash haqida mahorat darslari o'tib, maruza qildi. Buni amaliyotda ham ko'rsatib berishdi. Bundan tashqari, seminar qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Albatta, sportchining muvaffaqiyatga erishishida uning sog'lomligi, musobaqaga tayyorgarlik ko'rishi, mashg'ulotlardan so'ng tiklanish jarayonlarini to'g'ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bunday amaliy seminarlar tashkil etilishi esa sport rivojiga o'z hissasini qo'shishi, shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing