15 okt 11:50
Yangiliklar
Futbol
Toshkentda Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi kubogi boshlandi
Bugun poytaxtimizda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchi qizlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi Kubogi (CAFA Women’s CUP U-19) turniri start oldi.
17 oktyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqada Tojikiston, Eron, Qirg'iziston hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoalari bosh mukofot uchun bahslarga kirishadi. Barcha o'yinlar “Jar” stadionida bo'lib o'tadi.
Ayni daqiqalarda musobaqaning ilk uchrashuvi O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o'rtasida o'tkazilmoqda. Soat 14.00da esa Eron va Qirg'iziston terma jamoalari maydonga tushishadi.
Havola :
Fikrlar