04 may 11:48
Yangiliklar
Toshkentda Markaziy Osiyo motomavsumi start oldi FOTOGALEREYA
Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo motociklchilari mavsumning ochilishini birgalikda, bir joyda o'tkazishyapti. Ushbu tantanali marosimga poytaxtimiz mezbonlik qilmoqda va unda yurtimiz sportchilaridan tashqari, Rossiya, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston Respublikalaridan 300 nafarga yaqin havaskor va professional motociklchilar tashrif buyurgan.
Bugungi tadbir Toshkent shahar hokimiyati, O'zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.
Dasturga ko'ra, motofestival “Milliy” stadiondan startga chiqdi. Ayni soniyalarda NEXT ko'ngilochar markazida tantanali marosim bo'lib o'tmoqda va shundan so'ng ishtirokchilar koloniyasi CHorvoq dam olish maskanidagi “Piramida”ga yo'l olishadi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar