So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

21 sen 15:47
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda "Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali" start oldi

Bugun, 21 sentyabr kuni Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali" start oldi.

Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O'zbekiston Respublikasi hukumati ko'magida tashkil qilinib, O'zbekiston SHaxmat Federaciyasi tomonidan tashkil qilindi.

"Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali" doirasida 3 turnir bo'lib o'tadi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid (tezkor shaxmat) bo'yicha uch guruhda va maktab o'quvchilari o'rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tadi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston va O'zbekistondan umumiy 200 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.



Mukofot jamg'armasi 12000 evro bo'lgan festivalda, standart yo'nalishida g'olib bo'lgan o'g'il bolalarga 3000 evro, qiz bolalarga esa 1500 evro pul mukofoti beriladi.

CHempionat g'olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Musobaqada o'yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalaniladi. Federaciyalarni rivojlantirish dasturi bo'yicha, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federaciyalariga o'z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.



Bugun “MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov, FIDE Prezidenti maslahatchisi Berik Balgabaev, O'zbekiston SHaxmat federaciyasi vice prezidenti Husan Turdaliev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bosh direktori o'rinbosari Vyacheslav Pak hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.



"Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sportga katta etibor berilmoqda, shular qatorida aql gimnastikasi deb nom olgan shaxmatga ham etibor yuqori darajada. O'rta Osiyoning olti mamlakatidan 200dan ziyod shaxmatchilar ishtirok etadigan musobaqa yurtimizda shaxmatga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. Fursatdan foydalanib "Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali"ni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan RosAtom korporaciyasiga, Xalqaro shaxmat Federaciyasi yani FIDE tashkilotiga va yuqori saviyadagi tashkilotchilik uchun O'zbekiston SHaxmat Federaciyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barcha ishtirokchilarni ushbu festival boshlanishi bilan tabriklaymiz va omad tilaymiz", - dedi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov.

SHundan so'ng martabali mehmonlar musobaqaning ramziy birinchi yurishini amalga oshirib berishdi hamda "Markaziy Osiyo SHaxmat Festivali"ga rasman start berildi.




Reyting:    

Fikrlar

   
21 sen 18:04:51
Ихтиёр
Узбекистондан бошка бирор давлатта курганмисилар хеч факат рус тилида ёзиб куйганини. Аввал давлат тилида ёзиладич кейин менга деса немисча ёзмайсанларми энаси урислар
   
21 sen 18:02:02
Ихтиёр
Бу ташкилотчиларни хаммаси урисни болаларими. Нега хеч каерда узбекча ёзишмайди. Россияда булаётгани йукку мусобака. Шуми бизга хурмат.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing