06 sen 09:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/83945_220.jpg)
Toshkentda mini-futbol bo'yicha xalqaro xayriya turniri o'tkazildi FOTOGALEREYA
Ushbu IV Xalqaro xayriya turniri O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompaniyalarining ijtimoiy faolligini namoyon qilish maqsadida respublika Yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va “GROSS INSURANCE” masuliyati cheklangan jamiyati ko'magida tashkil etildi.
Xalqaro turnirda O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompaniyasi vakillaridan iborat jamoalar, sheriklar hamda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardan kelgan futbolchilar ishtirok etdi.
Musobaqaning 3-o'rin uchun kechgan bahsida “GROSSNL” va “MYINS” jamoalari maydonga tushishdi. O'n daqiqadan ikki bo'lim davom etgan uchrashuv “GROSSNL” jamoasining g'alabasi bilan yakun topdi: “GROSSNL” - “MYINS” 4:1.
Fotomuxbirimiz ushbu jarayondan olgan fotolavhalarni etiboringizga havola etishdan mamnunmiz.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar