05 noy 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda MMA bo'yicha jahon chempionati boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasida aralash jang sanatlari (MMA) bo'yicha jahon chempionati start oldi.
Aralash jang sanatlari sport turi bo'yicha tashkil etilayotgan ushbu dunyo birinchigida sayyoramizning 67 mamlakatidan 550 nafardan ziyod sportchi 40 ta vazn toifasida bahslashmoqda. Janglar 18-21 yosh va 21 yoshdan katta toifalarda o'tkazilmoqda. Unda O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkib bilan qatnashmoqda.
Jahon chempionatining bugungi dasturidan 1/32 bosqich janglari o'rin olgan bo'lsa, ertaga, 6 noyabr kuni 1/16 bosqich bellashuvlari bo'lib o'tadi. 7-8 noyabr kunlari 1/8, 1/4 va 1/2 final janglari bo'lib o'tadi. 9 noyabr kuni soat 16:30 da kattalar o'rtasida final bahslari tashkil etilsa, 10 noyabr kuni soat 16:30 da yoshlar o'rtasida jahon chempionlari aniqlanadi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar