03 dek 10:58
Yangiliklar
Toshkentda mukofot jamg'armasi 80 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident kubogi boshlanmoqda
Mukofot jamg'armasi 80 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan grossmeysterlar ishtirok etadi.
Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan. Top-10`talikdan uch nafar yosh grossmeysterimiz — SHamsiddin Vohidov (2641), Abdimalik Abdisalimov (2561) va Muhiddin Madaminov (2552) joy olgan.
Mukofotlar quyidagicha:
1-o'rin — 8 ming AQSH dollari
2-o'rin — 6 ming AQSH dollari
3-o'rin — 5 ming AQSH dollari.
Masters guruhi ishtirokchilari:
1. GM Nihal Sarin (Hindiston) — 2701
2. GM SHant Sargsyan (Armaniston) — 2665
3. GM Aleksander Grishuk — 2654
4. GM Frederik Svane (Germaniya) — 2653
5. GM SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston) — 2641
6. GM Yuriy Kuzubov (Ukraina) — 2610
7. GM Maksim Lagarde (Franciya) — 2608
8. GM Bardiya Daneshvar (Eron) — 2600
9. GM Abdimalik Abdisalimov (O'zbekiston) — 2561
10. GM Muhiddin Madaminov (O'zbekiston) — 2552.

Fikrlar