02 avg 10:20
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2170_220.jpg)
Toshkentda NBU Cup o'smirlar turniri davom etmoqda
Poytaxtimizda tennis bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida NBU Cup turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz SHarobiddin Abzalov ilk davrada qozog'istonlik Rodion Pakni 6:3, 6:7(3), 6:0 hisobida mag'lub etdi. Yana bir vakilimiz Iskandar Karimov qirg'izistonlik Namazbek Diushembievdan ikki setda ham bir xil 6:0 hisobida ustun keldi.
Javod Doniyorov qozog'istonlik Dias Meyerbekka 3:6, 6:7(2), Timur Sottimov rossiyalik Yan Bondarevskiyga 0:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qolgan tennischilarimiz ilk bosqich uchrashuvlarini bugun o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar