08 may 22:14
Yangiliklar
Toshkentda o'tayotgan Markaziy Osiyo chempionatidan FOTOREPORTAJ
Afg'oniston, Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston , Tojikiston va O'zbekiston Respublikalaridan 34 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan ochiq turnir 15 mayga qadar davom etadi. Sovrin jamg'armasi 3000 AQSH dollari bo'lgan turnirda 1-va 2-o'rinlarni egallagan sportchilar Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Birinchi turda bellashuvlarning barchasida g'alaba qayd etildi. Bironta durang natija bo'lmadi. 17 nafar shaxmatchi o'z hisoblariga 1 ochkodan yozib qo'ydilar.
G'alaba nashidasini surayotganlar orasida Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov, Bobir Sattorov, Ortiq Nig'matov kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz bor.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar