So’nggi yangiliklar

18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв жуфтлиги ажралиши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0

10 iyu 10:27
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda o'tkazilayotgan reyting turniridan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida ananaviy “Toshkent yozi” reyting turniri davom etmoqda.

Oltinchi tur yakunlariga ko'ra, Abdulaziz Qurbonov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko olgan holda “A” guruhida etakchilik qilmoqda. Komiljon Azizov, Akbarali Abduhakimov, Aleksandr Adishev, Oqjol Rahmatullaev, Behruz Umarov, SHerali Ravshanov, Alisher Umurzoqov, Jahongir Marinboevlar esa 5 ochkodan jamg'ara olishdi. Qizlar orasida Ozoda SHahzodova 4 ochko bilan guruhda etakchi bo'lib turibdi.

“B” guruhida Alan Isaev, Ezozbek Mahmudov, Biloliddin Obidovlar 5,5 ochkodan o'z hisoblariga yozib qo'ygan. Qizlar o'rtasida esa 5 ochko bilan Nilufar Mahmudova peshqadamlik qilmoqda. Guruhda peshqadamlik uchun dona surayotgan SHavkat Abduholiqov, SHahzod Toshtemirov, Bunyod Sobirjonov, Faxriddin Qilichev, Rasul Salimov, Munazzam Sotvoldiev, Suxrobbek Yusupov, Diyorbek Husanovlar hisobida ham 5 ochkodan bor.

Reyting turnirida 6 ta o'yindan bironta ham ochko ololmaganlar ham topiladi. “A” guruhida Behruzbek Bahromovning omadi chopmayotgan bo'lsa, Xudoyor Dilmurodov, Islombek Norqoraev, Nurmuhammad Davlatnazarov (“B”)lar ham raqiblari qarshisida “mot” bo'lib turibdi.

“Toshkent yozi” turnirining g'olib va sovrindorlari 11 iyun kuni malum bo'ladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing