03 apr 14:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/36357_220.jpg)
Toshkentda O'zbek jang sanati bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi
Aslida bu musobaqa shu kungacha ikki bor Janubiy Koreyaning CHendu meriyasida o'tkazilgan edi. Lekin Toshkent shahri ilk bor xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. Tomoshabinlar ikki kun davomida poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida o'zbek jang sanati ustalarining mahoratidan bahramand bo'lishadi. Xalqaro musobaqada yurtimiz sportchilaridan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan ham jang sanati vakillari ishtirok etishadi. Xalqaro turnirga Butunjahon milliy jang sanati federaciyasi bosh kotibi hamda Janubiy Koreyaning CHendu shahri hokimligidan ham mehmonlarning tashrifi kutilyapti. Musobaqadan tashqari xorijlik mehmonlar qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrini ham ziyorat qilishadi.
Fikrlar