So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

04 may 09:34
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda O'zbekiston oliy liga chempionati start oldi

Kecha poytaxtimizda shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida mamlakat chempionati oliy liga bahslari boshlandi.

Aylana tarzda o'tkaziladigan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti. 

Birinchi turda Toxir Vohidov va Saydali Yo'ldoshev o'zaro uchrashuvda durangga imzo chekishdi. Akmal Fayzullaev va Ulug'bek Tillaev partiyasida ham g'olib nomi aniqlanmadi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda o'ynashiga qaramay, Elbek Jumanovni mag'lub etdi. Marat Jumaev qora donalarda harakat qilib, Nodirbek Yoqubboevni engdi. 

Xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki nafar xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Toxirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) ishtirok etmoqda. Xalqaro masterlar - Irina Gevorgyan (2273), o'tgan yilgi chempion Nodira Nodirjonova (2179), Sevara Boymurodova (2142), Bahora Abdusattorova (2082) ham g'oliblik uchun asosiy davogarlar qatorida etirof etilyapti.

Birinchi turda Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda o'ynab, amadagi chempion Nodira Nodirjonovani taslim etdi. Sarvinoz Qurbonboeva ham ilk turda g'alabaga erishdi. Bahora Abdusattorova raqibasi Doniyorovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing