11 okt 10:30
Yangiliklar
Sambo
Toshkentda sambo bo'yicha Jahon chempionati start oldi
Bundan bir necha daqiqa avval poytaxtimizda sambo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.
“O'zbekiston” sport majmui mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan istedodli sambochilar gilamga chiqishyapti.
Bugun jami 12 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Kunning ikkinchi yarmida ushbu vaznlarda jahon chempionatining g'olib va sovrindorlari nomi malum bo'ladi.
Bugungi bahslar:
Qizlar (yoshlar): 40 kg, 52 kg, 65 kg.
O'g'il bolalar (yoshlar): 48 kg, 60 kg, 75 kg.
Qizlar (o'smirlar): 44 kg, 56 kg, 68 kg.
O'g'il bolalar (o'smirlar): 48 kg, 62 kg, 82 kg.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar