So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 noy 16:30
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda shaxmat bo'yicha G'arbiy Osiyo chempionati o'tkazilmoqda

SHu kunlarda Toshkent shahri shaxmat bo'yicha 6-20 yoshli sportchilar o'rtasidagi G'arbiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bahslarda qitamizning 11 mamlakatidan 300 nafarga yaqin aql-idrok sohiblari ishtirok etmoqdalar. CHempionat Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) ning rasmiy musobaqasi hisoblanadi, FIDE hamda Osiyo shaxmat federaciyasi ko'magida O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bellashuvlar “International Hotel Uzbekistan”mehmonxonasida bo'lib o'tmoqda. SHaxmatchilar musobaqa davomida klassik, rapid va blic yo'nalishlarida kurash olib bormoqdalar.

Turnir davomida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Humoyun Begmuratov, Nodirbek Yoqubboev, Abdimalik Abdisalimov, Afro'za Hamdamova, Bahora Abdusattorova, Ortiq Nigmatov, Umida Omonova hamda Olmos Rahmatullaev kabi shaxmatchilarimiz himoya qilmoqdalar. Hozircha rapid bo'yicha bellashuvlar yakunlandi. Unda o'zbekistonlik sportchilar 48 imkoniyatdan 33 ta medal jamg'ara olishdi. Oltin medallar soni o'ntani tashkil qildi.

Rapid yo'nalishida quyidagi sportchilarimiz shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin oldilar:

1) SHaxzod Islamov (Qashqadaryo) – 6 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar

2) Zaynura Abrorova (Toshkent) – 6 yoshgacha bo'lgan qizlar

3) Xumoyun Begmuratov (Toshkent) – 8 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar

4) SHaxzoda Hasanova (Toshkent) – 8 yoshgacha bo'lgan qizlar

5) Akobirxon Saydaliev (Samarqand) – 10 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar

6) Afruza Hamdamova (Samarqand) – 10 yoshgacha bo'lgan qizlar

7) Umida Omonova (Surxondaryo) – 12 yoshgacha bo'lgan qizlar

8) Nodirbek Yakubboev (Xorazm) – 16 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar

9) Sitora Saparova (Navoiy) – 16 yoshgacha bo'lgan qizlar

10) SHamsiddin Voxidov (Toshkent) – 20 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar.

Ayni paytda standart shaxmat bo'yicha bahslar davom etmoqda. Musobaqa 22 noyabr kuni yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing