So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

21 iyu 08:25
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi + FOTOGALEREYA

Poytaxtimiz 13-20 iyul kunlari shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.

Kecha Osiyo chempionatining so'nggi kuni - Xalqaro shaxmat bayramida mahoratli shaxmatchilar blic yo'nalishi bo'yicha kuch sinashdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa Osiyo chempionatining g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

SHaxmatning rapid, blic va standart yo'nalishlarida ishtirok etgan Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo'zieva, Malika Norqulova, Guldona Karimova, Zilola Aktamova, Malika Jumaeva, Dilnoza Nurullaeva, Asrorjon Omonov, Ezozbek Mahmudov, Lazizbek SHavkatov kabi yosh shaxmatchilarimiz o'z guruhlarida oltin medalga sazovor bo'lishdi.

Ruqiya Olimova, Mumtozbegim Sobirova, Akobirxon Saydaliev, Sadullo Azizov, SHahzod Islomov, SHohjahon Siddiqov, Akobirxon Saydaliev, Islombek Xolmamatov, Ikromjon Xalilov esa chempionatda 2-o'rinni egalladi.

Madinabonu Xalilova, Ezozaxon Hasanova, Sevinch Davlatova, Nilufar Mahmudova, Liliya Belaya, SHahrombek Karimov, Abdulqodir Bahodirov, Rahmonali Nematjonov, Javohir Bozorov, Akbarali Abduhakimov, SHahzod Islomov, Ibrohim Jumanazarov, Jamshidbek Aytimbetov, Akbar Yoqubboev kabi sportchilarimiz esa bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Umumjamoa hisobida 1-o'rinni Hindiston, 2-o'rinni O'zbekiston va 3-o'rinni Mo'g'uliston egalladi. Medallar jamg'arish bo'yicha esa g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladik. Keyingi o'rinlar Mo'g'uliston hamda hindistonlik shaxmatchilarga nasib etdi.

Taqdirlash marosimida Osiyo hamda mamlakatimiz shaxmat federaciyasi, yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddilari, mehmonlar, ota-onalar, shaxmat ishqibozlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing