So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

11 noy 21:22
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda shaxmat bo'yicha “Prezident kubogi” xalqaro turniri start oldi FOTOGALEREYA

Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql-idrok gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir boshlandi.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida mamlakatimizda shaxmatni yanada ommalashtirish, sportchilarimizning FIDE reytingidagi o'rnini oshirish maqsadida har yili O'zbekistonda 5ta xalqaro shaxmat turnirini o'tkazish belgilangan. Prezident sovrini uchun o'tkazilayotgan xalqaro turnir ham aynan shu maqsadda tashkil etildi.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turniri O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan FIDE ko'magida hamda Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Bugun Prezident kubogi xalqaro turniriga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbariyati, turnir referisi, armanistonlik taniqli xalqaro hakam Ashot Vardapetyan, turnir direktori Ahmadjon Erkaboev hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastavval OAV vakillariga musobaqa haqida qisqacha malumot berildi. Bugungi pandemik vaziyatda “Prezident kubogi” xalqaro turniriga dunyoning 10ga yaqin mamlakatidan 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro master, ko'plab FIDE ustasi hamda sport ustalari ishtirok etishayotgani musobaqaning nufuzi ancha yuqori ekanligidan darak beradi.

Matbuot anjumanida so'z olgan musobaqa referisi Ashot Vardapetyan bugungi kunda yurtimiz shaxmatchilari dunyo reytingida o'z o'rniga ega ekanligini alohida takidlab, juda ko'plab davlatlar “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qaroriga o'xshagan hujjatlarning qabul qilinishini faqat orzu qilishini ham etirof etdi.

SHuningdek, anjumanda so'zga chiqqan A.Erkaboev bugungi kunda o'zbek shaxmatida etishib chiqayotgan iqtidorli yoshlarimiz haqida to'xtalib, ularni o'zbek shaxmatining oltin avlodi, deya etirof etdi. Qolaversa, Prezident qarori imzolanganda O'zbekiston FIDE reytingida 30-o'rinni egallab turgan bo'lsaA, bugungi kunda 26-o'ringa ko'tarilganini va yil yakuniga qadar mavqei yanada yuksalishini ham aytib o'tdi. Agar yutuqlarimiz shu zaylda davom etsa, O'zbekiston 2025 yilga borib bemalol dunyo reytingida kuchli o'ntalikka kirishiga ishonch bildirdi.

So'ngra turnirning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov ishtirok etdi va barcha shaxmatchilarga omad tiladi. Aynan vazir o'rinbosari hamda jahonning 17-chempioni, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ramziy yurish bilan xalqaro turnirni ochib berishdi.

Xalqaro turnir shveycarcha tizim bo'yicha ikki bosqichda – guruh bosqichi yarim final (onlayn) va final (7 tur, taxta ustida), shuningdek, asosiy bosqich (10 tur) bo'yicha o'tkaziladi.

Musobaqada quyidagi davlatlar vakillari ishtirok etishmoqda: Ozarbayjon – 1 nafar, Belarus – 3, Eron – 1, Qozog'iston – 16, Rossiya Federaciyasi – 7, Tojikiston – 3, Ukraina – 8, AQSH – 4 hamda O'zbekiston – 61 nafar.

Asosiy bosqich uchun ro'yxatdan o'tgan barcha shaxmatchilar bugun blic-turnirda ishtirok etishdi.

Xalqaro turnirda O'zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, SHamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov kabi yosh va iqtidorli grossmeysterlarimiz himoya qilishadi.

Eslatib o'tamiz, “Prezident kubogi” xalqaro turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 120 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing