12 jan 20:14
Yangiliklar
Toshkentda "Toshkent qishi" reyting turniri bo'lib o'tmoqda FOTOREPORTAJ
216 nafar ishtirokchi "A" va "B" guruhlariga bo'lingan holda, o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazayotgan turnirning 6 ta turi ortda qoldi.
Uning natijalariga ko'ra, SHerzod Samandarov ("A" guruhi) 6 imkoniyatdan 6 ochko jamg'argan holda guruh peshqadami bo'lib turibdi. Muhammadkarim Abdullaev, Mehriddin Yo'ldoshev, Jo'rabek Ibodullaev, Umarxon Faxriddinxo'jaevlar hisobida esa 5 tadan ochko bor.
Qizlardan Asal Salimova ham 5 ochko jamg'ara olgan. Hojiakbar Alijonov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'argan holda "B" guruhida etakchilik qilmoqda.
Mazkur guruhning yana 9 shaxmatchisi 5 tadan ochko olgan: Afruzbek Sobirov, Alan Isaev, Umarjon Bahodirov, Rahmonali Nematjonov, Firdavs Abdusamadov, SHoxruxjon Jabborov, Bunyod Sobirjonov, Bobur Jumaev, Alisher Abduqayumov.
Qizlar orasida esa Mumtozbegim Sobirova bilan Dilnura G'ofurjonova 4 tadan ochkoga ega. Reyting turnirining g'olib va sovrindorlari 14 yanvar kuni malum bo'ladi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar