So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

07 sen 17:40
Yangiliklar

O'q otish

Toshkentda XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida o'q otish sporti murabbiylari uchun o'quv-texnik seminari ish boshladi

Teglar :  O'q otish
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) O'zbekiston o'q otish federaciyasi bilan hamkorlikda sportning ushbu turi murabbiylari uchun o'quv-texnik seminarini boshladi.

Mazkur seminar Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida o'tkazilmoqda. 

Poytaxtimizdagi “Grand Atlas” mehmonxonasida tashkil etilayotgan seminarni olib borish uchun Hindiston va Norvegiyalik xalqaro ekspertlar Sonal Ramendra va Leyf Steynar Rollandlar taklif etilishgan. 

Seminar dasturi zamonaviy bosqichda yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlash masalasida nazariy mashg'ulotlar bilan birgalikda, murabbiylarning professional malakasini xalqaro talablar darajasida oshirish masalalarini ham qamrab oladi. O'quv-texnik kurslari davomida murabbiylar shuningdek, merganlar bilan ishlash masalasida yangi ko'nikmalarga ega bo'lish, nazariy bilim va darajalarini oshirish imkoniga ega bo'lishadi. 

Respublikamizning turli hududlari va poytaxtimiz Toshkentdan 40 nafar murabbiy mazkur seminarda ishtirok etmoqda. Seminar qatnashchilarining har biri metodik qo'llanmalar bilan taminlanishdi. 

Sir emaski, o'q otish sporti O'zbekistonda ommaviylashib kelayotgan sport turlaridan hisoblanadi. Yurtimiz Mustaqillikka erishgach, so'nggi 26 yil davomida sportchilarimiz bir qator yirik xalqaro turnirlar va nufuzli musobaqalarda ijobiy natijalarga erishib kelmoqdalar. Seminar davomida orttirilgan tajriba va ko'nikmalar o'q otish sportining mamlakatimizda yanada rivojlanishi va tashkil etiladigan musobaqalarning saviyasi oshishiga turtki bo'ladi. 

Seminarning tantanali yopilish marosimi 2017 yilning 11 sentyabr kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida bo'lib o'tadi. Unda seminarning faol tinglovchilariga Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Baxning imzosi bilan maxsus Sertifikatlar topshiriladi. Takidlash lozimki, mazkur seminarning o'tkazilishi mamlakatimizda o'q otish sportining jadal suratlar bilan rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Malumot uchun, Milliy olimpiya qo'mitasi 1997 yildan beri sport kadrlari malakasini oshirish yo'lida shu kabi seminarlarni o'tkazib kelmoqda. Ortda qolgan davr mobaynida MOQ Xalqaro olimpiya qo'mitasi yordamida badiiy va sport gimnastikasi, qilichbozlik, basketbol, sport kurashlari, taekvondo, dzyudo, engil atletika, suzish, voleybol, ot sporti, figurali uchish va boshqa sport turlari mutaxassislari uchun 40 dan ziyod o'quv kurslari tashkil etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing