So’nggi yangiliklar

17:41Тошкентда от йўрттириш бўйича халқаро турнирлар ўтказилди 0 17:20ФИФА президентлик сайлови 2027 йил Марокашда бўлиб ўтади 0 16:58Расман! Баҳодир Жалоловнинг Англиядаги жанги тасдиқланди (Постер+Кард) 0 16:37Жейк Пол Илия Топурияга ўз хизматини таклиф қилди 0 16:16Жавоҳир ва Гукешнинг Жаҳон тожи учун матчдан олдин қайси турнирда ўзаро ўйнаши маълум 0 15:55Мудрик допинг туфайли 4 йилга дисквалификация қилинди 0 15:34Ислам Махачев: "Рақиб аниқ, лекин шартнома йўқ!" 0 15:13Шон Стрикленд: "Чимаев – заиф одам. Мен ундан яхшироқман" 0 14:52Mangu 2 турнирининг бонуслари кимларга насиб этгани маълум 0 14:31"Интер" "Тоттенхэм"нинг асосий футболчиси билан келишувга эришди — La Gazzetta dello Sport 0 14:10Ҳамюртимизни мағлуб этган қирғизистонлик Octagon League собиқ чемпионининг UFC'даги илк рақиби маълум 0 13:49"7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team" аъзоси Шаҳноза Абдуллаева "Tour of Bostonliq” ғолиби! 0 13:28Миразизбек Мирзахалилов иштирокидаги турнир номаълум муддатга қолдирилди 0 13:0739 ёшли Халк фаолиятини бошқа жамоада давом эттиради 0 12:46Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаев билан эҳтимолий жанг ҳақида: "У билан жанг қилишни истамасдим, сабаби..." 0

22 avg 08:48
Yangiliklar

O'q otish

Toshkentda zamonaviy o'q otish o'quv-mashg'ulotlar bazasi ochildi

Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazining zamonaviy o'q otish o'quv-mashg'ulotlar bazasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, qolaversa, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga jiddiy etibor qaratilmoqda.

Bu jarayonda sportning Olimpiya turlarini rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biri bo'lib, kecha Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazining zamonaviy o'q otish o'quv-mashg'ulotlar bazasining ochilishi ushbu sport turi rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ayni paytda mamlakatimizda o'q otish sporti bilan 3 700 nafarga yaqin o'g'il-qiz muntazam shug'ullanib kelishmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlardir. Ularga 136 nafar trener o'q otish sporti sir-asrorlarini o'rgatib kelayotgan bo'lsa, yurtimizda mavjud TIRlar, yani o'q otish majmualari 122 tani tashkil qiladi.

Mamlakat terma jamoasi tarkibiga o'q otish sportidan 48 nafar sportchi taklif etilayotgan bo'lsa, shundan 10 nafari Mudofaa vazirligi sport markazi azolari sanaladi.

SHuni takidlash kerak, hamyurtlarimiz o'q otish sporti bo'yicha muntazam tarzda qita va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda. Olimpiya o'yinlari sovrindori, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Yambulatov, Osiyo o'yinlari va jahon kubogi singari nufuzli musobaqalar sovrindori Dilshod Muxtorov, Xitoyning Nankin shahrida o'tkazilgan II o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Vladimir Sveshnikov, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Server Ibragimov kabi sportchilarni bugun O'zbekistondan tashqarilarda ham yaxshi bilishadi.

Quvonarlisi, Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari kumush medali sovrindori Server Ibragimov Tokioda bo'ladigan Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Bu esa yurtimizda o'q otish sporti yaxshi rivojlangani va o'z ananalariga ega ekanligini anglatadi.

Kecha poytaxtimizda Mudofaa vazirligi sport majmuasiga qarashli o'q otish sporti o'quv-mashg'ulotlar bazasi tantanali ochildi. Unda Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Mudofaa vazirligi sport markazining nomdor sportchilari, O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi vakillari hamda sport faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqan R.Ermatov sportchi uchun eng avvalo sport infratuzilmasi hamda zamonaviy sport inventarlari, qolaversa malakali trenerlar kerakligini takidlab, bu borada bugun foydalanishga topshirilgan o'q otish sporti o'quv-mashg'ulotlar bazasida yaratilgan sharoitlar va mavjud o'q otish qurollari xalqaro talablarga javob berishi, murabbiylarning salohiyati yuqori ekanligi tez orada ushbu sport turi rivojida o'z samaralarini berishini aytib o'tdi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'z tomonidan barcha yordamni berishga tayyorligini ham bildirdi.

Tadbir yakunida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing