14 mar 10:50
Yangiliklar

Toshkentdagi turnirda ikki tennischimiz muxlislar qatoridan joy oldi
O'z tarixida o'ttiz ettinchi marotaba o'tkazilayotgan Tashkent ITF Juniors turnirida o'ndan ziyod davlatdan istedodli o'smir hamda qiz tennischilar ishtirok etishyapti.
O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada to'rt tennischimiz - Odil Karimov, Timur Sottimov, Azizxon Turg'unov va Olimjon Nabiev o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Ulardan ikki nafari ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi. Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Timur Sottimov turnirning 6-raketkasi qozog'istonlik Dostonbek Tashbulatovga 1:6, 4:6 hisobida yutqazdi.
Yana bir imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yilgan Azizxon Turg'unov esa ukrainalik Aleksandr Brayninga ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida yutqazdi.
Fikrlar