21 okt 09:11
Yangiliklar
Tennis
Toshkentdagi turnirda o'zini yomon his qilgan Ostapenko Lyuksemburgda chempion bo'ldi
Lyuksemburgda o'tkazilgan BGL Luxembourg Open turniri latviyalik tennis malikasi Elena Ostapenkoning triumfi bilan yakunlandi.
WTA reytingida 63-pog'onani egallab turgan Ostapenko final uchrashuvida dunyoning 26-raketkasi, germaniyalik Yuliya Gyorgesga osonlik bilan mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 6/4, 6/1.
Hal qiluvchi final uchrashuvi roppa-rosa 1 soat davom etgan. 22 yoshli Elena bahs davomida 6, 30 yashar Yuliya esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. BGL Luxembourg Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ostapenkoga 280 reyting ochkosi hamda 34 677 evro mukofot pulini taqdim etdi.
Malumot uchun, Elena Ostapenko yaqinda poytaxtimizda o'tkazilgan "Toshkent Open" turnirining ikkinchi davrasida jarohat sabab bahsni yakuniga etkaza olmagan edi. U so'nggi bor 2017 yilda bosh sovrin sohibasiga aylangandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar