15 mar 08:45
Yangiliklar
Tennis

Toshkentdagi turnirning 2-davrasiga birgina tennischimiz chiqdi
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
O'z tarixida o'ttiz ettinchi marotaba o'tkazilayotgan Tashkent ITF Juniors turnirida o'ndan ziyod davlatdan istedodli o'smir hamda qiz tennischilar ishtirok etishyapti.
O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirokini boshlagan to'rt tennischimizdan faqat bir nafari ikkinchi davra yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Odil Karimov birinchi davra uchrashuvida qirg'izistonlik Namazbek Dyushembievni 6:0, 6:4 hisobida taslim etdi. Timur Sottimov, Azizxon Turg'unov va Olimjon Nabiev raqiblariga o'yinni boy berishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar