So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

27 avg 17:58
Yangiliklar

Tennis

Toshkentga yana katta tennis qaytdi! Poytaxtimizda ikkita "Fyuchers" turniri o'tkazilmoqda

Uzoq tanaffusdan so'ng Toshkent shahrida yana katta tennis musobaqasi o'tkazila boshlandi.

Bu safar poytaxtimizda farqli ravishda "Devis kubogi" emas, ITF turkumidagi "Fyuchers" musobaqasi o'tkazilmoqda. "GRAND PALACE CUP M15" xalqaro turniriga "Yunusobod" sport majmuasi kortlari mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida rossiyalik Evgeniya Tyurnev tasniflangan (ATP-387). Kecha turnirning saralash bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Biroz avval esa asosiy to'r bahslariga start berildi.

Musobaqada bir qator hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Jumlalan, terma jamoamizning yosh azolari Maksim SHin va Amir Milushev, shuningdek, Damir Abdusamadov, Rahimbek Ibrohimov, Fayzullo Mirzag'aniev.

Ayni damda asosiy to'rning ilk bosqich bellashuvlari davom etmoqda. O'yinlarni mazkur havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Ahamiyatlisi, mazkur turnir o'z yakuniga etganidan keyin, 2 sentyabr kunidan boshlab navbatdagi "Fyuchers" turniri start oladi. 13-14 sentyabr kunlari esa Toshkent shahrida O'zbekiston va Estoniya terma jamoalari o'rtasidagi "Devis kubogi" bahslari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing