05 may 11:34
Yangiliklar
Futbol

"Tottenxem" Mourinyu "Roma"ga o'tganidan so'ng ham unga maosh to'lashda davom etadi
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim klubida yiliga 7 million evro maosh oladi.
Bu mutaxasssning "Tottenxem"da ishlayotgan pulidan kamroq. Londonda portugaliyalikka yiliga 17 million evro to'lashardi.
Bundan tashqari, Mourinyu o'zining "Roma"dagi birinchi mavsumida 16 mln evro ishlab oldi. Bu "Tottenxem"ning mutaxassisga shartnoma erta buzilgani uchun maosh to'lashda davom etishi bilan bog'liq.
Eslatib o'tamiz, Joze kecha rasman Italiya poytaxti klubida yozdan ish boshlashi malum bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar