15 iyu 13:13
Yangiliklar
Futbol

"Tottenxem" PSJ futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
PSJ himoyachisi Tiago Silva faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bosh murabbiyi Joze Mourinyu mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi. Muammo esa futbolchining yuqori maoshi bo'lishi mumkin.
Silva joriy mavsum PSJ safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Braziliyalik parijliklar safida 2012 yilning yozidan beri to'p tepadi. Transfermarkt futbolchini 4,8 million evroga baholagan.
Oldinroq, 35 yoshli futbolchiga "Arsenal" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Havola :
Fikrlar