24 apr 14:52
Yangiliklar
Futbol

“Tottenxem” yangi stadionida 100 foizlik natija ko'rsatmoqda
"SHporlar" kecha o'zlarining yangi stadionlarida “Brayton”ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
Londonliklar “Tottenxem Xotspur Stedium” nomli yangi stadionda jami 4 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozonishdi. To'plar nisbati 8:0. Avvalroq jamoa yangi stadionda “Xaddersfild” (4:0), “Kristal Pelas” (2:0) va “Manchester Siti” (1:0) klublarini mag'lub etgandi.
Malumot uchun, APL 35-turidan so'ng 70 ochko bilan “Tottenxem” 3-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar