29 jan 09:12
Yangiliklar
Futbol

Trezege "Lester"ni Angliya liga kubogidan chiqarib yubordi
Angliya liga kubogi yarim finalining javob uchrashuvi o'tkazildi.
"Lester Siti" va "Aston Villa" klublari o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda durang qayd etilgandi (1:1). Javobi o'yini ham teng kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga etdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan 3-daqiqada misrlik Mahmud Trezege tomonidan urilgan gol "Lester"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
O'z navbatida, "Aston Villa" endi liga kubogi finalida o'ynaydi. Uning raqibi Manchester klublaridan biri bo'ladi.
Havola :
Fikrlar