04 iyu 20:03
Yangiliklar
Futbol
Trinkau "Barselona"ga qaytdi
"Barselona" vingeri Fransishku Trinkau Kataloniya klubiga qaytdi.
22 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsumni "Vulverxempton" safida ijara asosida o'tkazdi. "Bo'rilar" o'yinchini 30 mln evroga xarid qilishmadi.
"Barselona" Trinkauga ishonch bildirmayapti. Futbolchi xarid qilish bandi bilan ijara asosida "Sporting"ga o'tishi mumkin. Klublar o'yinchining transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda.
O'z navbatida, kataloniyaliklar "Vulverxempton"ga vinger Adama Traoreni qaytarib berishdi. "Ko'k-anorranglilar" ham ushbu futbolchini 30 mln evroga xarid qilishmadi.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar