22 jan 08:34
Yangiliklar
Tunis Gran-Prisida umumajamoa hisobida o'ninchi bo'ldik
Poytaxt Tunis shahridagi El Menzah Sports Hall arenasi mezbonlik qilgan Gran-Pri tmusobaqasida dunyoning 46 davlatidan 430 nafar dzyudochi jami 14ta vazn (7 nafardan erkaklar va ayollar) toifasida tatamiga chiqdi.
Etti nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda bittadan oltin va bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egalladi. -66 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahram Ahadov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Tunis Gran-Prisi g'olibiga aylandi.
-73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Mirzohid Farmonov esa bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda franciyalik Benjamin Aksusni mag'lubiyatga uchratdi.
Kecha musobaqaning so'nggi kuni SHermuhammad Jandreev (-90 kg) va Ixtiyor Xolmurodov (+100 kg) o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Jandreev ilk bahsdayoq, Xolmurodov esa bronza medali uchun kechgan uchrashuvda raqibiga yutqazib qo'ydi.
Ikkita oltin, 3ta bronza medaliga egalik qilgan Qozog'iston terma jamoasi umumajamoa hisobida birinchi bo'ldi. Kuchli uchlikdan Ukraina va Yaponiya terma jamoalari joy olishdi.
Fikrlar